Oʻzbekistonda 27-yanvar kuni havo harorati 10 daraja iliq boʻladi
“Oʻzgidromet” 27-yanvar, shanba kun kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4° sovuq, kunduzi 8-10° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12°iliq, choʻl hududlarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Qashqadaryo Surxondaryo viloyatlari havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 1-6° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring