Oʻzbekistonda 250 milliondan ortiq daraxtlarning raqamli xaritasi yaratildi
Ayni damda Oʻzbekistondagi barcha daraxtlar raqamlashtirilib, xatlovdan oʻtkazilmoqda. Toshkent shahrida esa sinov tariqasida daraxtlar pasportlashtiriladi. Daraxtlarni pasportlashtirish 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich doirasida barcha hududlardagi yashil qoplam maydoni aniqlandi. Bunda hududlardagi barcha daraxtlar va butalarning maydoniga, sunʼiy yoʻldoshlar orqali olingan fotosuratlardan foydalanib, geoaxborot tizimi orqali ishlov berildi. Jami 5 yoshdan yuqori 254 milliondan ortiq daraxtning koordinatalari aniqlanib, raqamli xaritasi yaratildi.
Shu bilan birga, 2-3-bosqichlarda xatlov ishlari inspektorlar tomonidan joyiga chiqqan holda amalga oshirilmoqda. Bunda “Yashil makon” elektron platformasi takomillashtirilib, daraxtlar xatlovi boʻyicha daraxtlar reyestri tizimi joriy etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring