Oʻzbekistonda 22-fevral kuni havo oʻzgarib turadi, ayrim hududlarda yomgʻir yogʻishi mumkin

23:23 21 Fevral 2022 Jamiyat
1026 0

Foto: Illustrativ foto

Respublika Gidrometeorologiya markazi 22-fevral, seshanba kuni qanday ob-havo boʻlishini maʼlum qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер