Oʻzbekistonda 2021/2022-oʻquv yilidan boshlab taʼlim krediti 7 yil muddatga 14 foiz stavka bilan beriladi

21:20 30 Iyun 2021 Iqtisodiyot
5288 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Forumda Prezident taʼlim kreditiga oid yangilikni eʼlon qildi.

«Iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida oʻqish imkoniyati boʻlmagan yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim yaratamiz.

Maʼlumki, bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda oʻqitish uchun 22-28 foiz stavkada taʼlim kreditini 3 yil muddatga olmoqdalar.
Lekin bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga ogʻirlik qilayotgani ham bor gap.

Shuni hisobga olib, yangi oʻquv yilidan barcha uchun taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, yaʼni joriy yilda 14 foiz stavkada ajratiladi.

Bunga qoʻshimcha ravishda, taʼlim kreditlarini qoplash uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar daromad soligʻidan ham ozod qilinadi.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga oliygohdagi oʻqishning birinchi yili uchun, kontraktni byudjetdan toʻlab berish tartibi joriy etiladi», deydi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер