Oʻzbekistonda 20 yoshli qiz bemorlar bilan aloqada boʻlmasdan turib ham virus yuqtirgan

13:58 24 Mart 2020 Jamiyat
819 0

Arxiv surat

Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar orasida chet elda boʻlib qaytmagan, bemorlar bilan hech qanday aloqada boʻlmay turib virusni yuqtirgan bemor ham bor. Bu haqda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov onlayn brifingda aytib oʻtdi.

“Afsuski, oʻzi, yaqinlari chet elda boʻlib qaytmagan, bemorlar bilan muloqotga kirishmay turib ham virusni yuqtirgan bemor bor.

Bitta odam oʻzining kunlik tartibi davomida ertalabdan kechgacha koʻp odamlar bilan oʻzi istagan-istamagan tarzda, tanigan-tanimaganlari bilan aloqada boʻladi. Jamoat transportlarida, yonida turgan begona shaxslar boʻladimi, ish oʻqish joylarida ular bilan bevosita muloqotda boʻladi.

Gaplashmasa ham, umumiy foydalanadigan buyumlar — avtobus tutqichlari, eshik tutqichlari bilan yuqtirishi mumkin.

Bitta holatda, 20 yoshga kirgan qizda shunday holat aniqlandi. Uning oʻzi, qarindosh-urugʻlari chet elda boʻlmagan. Ular sogʻlom, tekshirishdan oʻtkazilgan. Qiz oʻzining oʻqish faoliyatida qandaydir holatda virusni yuqtirgan. Bu esa bizni sergak boʻlishga chaqiradi”, dedi Bahrom Almatov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер