Bugun Oʻzbekistonning ayrim joylarida yana qor yogʻishi mumkin

01:19 20 Noyabr 2021 Jamiyat
1589 0

Foto: "Xalq so‘zi"

“Oʻzgidromet” 20-noyabr, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–3 daraja iliq, kunduzi 14–16 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 23–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 23–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 8–13 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер