Oʻzbekistonda 2-avgust kuni harorat nisbatan pasayadi

06:05 02 Avgust 2024 Jamiyat
522 0

“Oʻzgidromet” 2-avgust uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 37-42 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 36-41 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 37-42 daraja, baʼzi joylarda 44 darajagacha boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер