Oʻzbekistonda 189 nafar fuqaroda koronavirus qayd etildi
2021-yil 1-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83239 (+189) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
1 nafari Andijon viloyatida,
3 nafari Jizzax viloyatida,
2 nafari Namangan viloyatida,
10 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Sirdaryo viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
2 nafari Fargʻona viloyatida,
24 nafari Toshkent viloyatida,
142 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 nafar,
Buxoro viloyatida 5 nafar,
Jizzax viloyatida 1 nafar,
Namangan viloyatida 3 nafar,
Toshkent viloyatida 17 nafar,
Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 81303 (+168) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1306 nafar bemordan 209 nafari ogʻir, 94 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring