Oʻzbekistonda 15-yanvardan boshlab turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2022-yil 15-yanvardan boshlab bir qator tartib joriy qilinmoqda.
Xususan, vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xoʻjalik birlashmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini taʼminlash, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadlarini koʻzda tutib, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.
Shu bilan birga, xorijiy davlatlardan Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchilar kelishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi boʻyicha manfiy koʻrsatkichli maʼlumotga ega boʻlishi kerak.
Koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi boʻyicha manfiy koʻrsatkichga ega maʼlumotnoma boʻlmaganda, aeroport, temir yoʻl vokzallari va chegara oʻtkazish punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress test topshirishi shart.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring