Oʼzbekistonda 13 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti aytildi

00:00 13 Noyabr 2021 Jamiyat
1848 0

«Oʼzgidromet» xizmati 13 noyabr, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʼra, Toshkent shahrida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–5 daraja, kunduzi 11–13 daraja iliq boʼladi.

Qoraqalpogʼiston va Xorazm viloyatida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib gʼarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja iliqdan -2 darajagacha sovuq, kunduzi 7–12 daraja iliq boʼladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi 11–16 daraja iliq boʼladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 11–16 daraja iliq boʼladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 14–19 daraja iliq boʼladi.

Аndijon, Namangan, Fargʼona viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi 11–16 daraja iliq boʼladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi 8–13 daraja iliq boʼladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер