Oʻzbekistonda 13-iyun kuni havo oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin

06:46 13 Iyun 2022 Jamiyat
508 0

Foto: Illustrativ foto

Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʼzbekiston boʼyicha 13-iyun, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʼzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʼir yogʼishi, momoqaldiroq boʼlishi mumkin. Gʼarbiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 31-33 daraja boʼladi.

Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʼladi, baʼzi joylarda oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Gʼarbiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʼladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʼladi, baʼzi joylarda oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Gʼarbiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʼladi.

Toshkent viloyatida havo oʼzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʼir yogʼadi, momaqaldiroq boʼlishi mumkin. Gʼarbiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʼladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʼladi, baʼzi joylarda oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Gʼarbiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʼladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʼladi, baʼzi joylarda oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Gʼarbiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʼladi.

Andijon, Namangan, Fargʼona viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʼir yogʼadi, momaqaldiroq boʼlishi mumkin. Gʼarbiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʼladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo oʼzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʼir yogʼadi, momaqaldiroq boʼlishi mumkin, ayrim tumanlarda doʼl yogʼishi mumkin. Gʼarbiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʼladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер