Oʻzbekistonda 12-yanvar kuni havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi

23:49 11 Yanvar 2023 Jamiyat
1288 0

“Oʻzgidromet” 12-yanvar, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19° sovuq, kunduzi 9-11° sovuq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25° sovuq, Ustyurtda 27-30° sovuqqacha, kunduzi 12-17° sovuq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°sovuq, choʻl hududlarda kechasi 27-30° sovuq, kunduzi 7-12°sovuq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°sovuq, baʼzi joylarda 20°sovuqqacha, kunduzi 5-10° sovuq, baʼzi joylarda 12° sovuqqacha boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 8-13° sovuq, baʼzi joylarda 15° sovuqqacha, kunduzi 3-8° sovuq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25° sovuq, kunduzi 10-15° sovuq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер