Oʻzbekistonda 10 oy ichida benzin ishlab chiqarish 1 million tonnadan oshdi
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekistonda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 1 mln. tonnadan oshdi.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,4 % ga oshgan.
2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
— Avtomobil benzini – 1 008,6 ming tonna;
— Koʻmir – 4,4 mln. tonna;
— Neft – 656,2 ming tonna;
— Gaz kondensati – 1,1 mln. tonna;
— Yengil avtomobillar – 263 488 dona;
— Avtobus – 971 dona;
— Yuk avtomobillari – 3 253 dona;
— Avtomobil dvigatellari – 189 558 dona.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring