Oʻzbekiston yarim yilda 31,3 mln dollarlik shokolad xarid qildi

12:26 13 Avgust 2025 Jamiyat
205 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston joriy yilning ilk 6 oyida 31,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan shokolad xarid qildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilning yanvar iyun oylarida respublikamizga 9,9 ming tonna shokolad va shokolad mahsulotlarini import qilingan. Bu hajm oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 14,9 % ga pastroqdir.

Ilk yarim yillikda Oʻzbekistonga eng koʻp shokolad yetkazib bergan mamlakatlar:

Rossiya — 7 528 tonna;

Niderlandiya — 785 tonna;

Ukraina — 405 tonna;

Qozogʻiston — 277 tonna;

Fransiya — 213 tonna;

Boshqa davlatlar — 654 tonna.

Avvalroq Dubay shokoladi tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bakteriyalar aniqlangani toʻgʻrisida xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер