Oʻzbekiston Yanvar oyida qancha oltin sotdi?
Arxiv surat
2020-yil yanvar oyida Oʻzbekiston 489,8 million dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xarar bermoqda.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, 2019-yil yanvar oyiga nisbatan oʻsish 60,3 foizni tashkil etdi. 2020-yil yanvar oyida Oʻzbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 38,1 foizga teng boʻldi.
Taʼkidlab oʻtish joizki, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015-yilda 823,9 million dollardan, 2016-yilda 738,2 million dollardan, 2017-yilda 1,6 milliard dollardan, 2018-yilda 2,91 milliard dollardan va 2019-yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring