Oʻzbekiston yanvar oyida 1,7 ming tonna qalampir eksport qildi
Foto: Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasining maʼlum qilishicha, 2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,5 million AQSH dollariga teng boʻlgan 1,7 ming tonna qalampir eksport qilgan.
Qayd etilishicha, qalampir eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 180 tonnaga kamaygan.
Shuningdek, 2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston qalampir mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 1,3 ming tonna;
Rossiya – 102 tonna;
AQSH – 91,2 tonna;
Qirgʻiziston – 86 tonna;
Germaniya – 32,2 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring