Oʻzbekiston yana bir xalqaro hujjatga qoʻshildi
“Oʻzbekiston Respublikasining Boʻgʻuvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qoʻllanilishini taqiqlash toʻgʻrisidagi Protokolga (Jeneva, 1925-yil 17-iyun) qoʻshilishi haqida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–623-son, 26.06.2020-y.).
Ushbu Protokol 1972-yilning 10-aprel kuni Moskva, London va Vashington shaharlarida imzolangan bakteriologik (biologik) va toksik qurollar zaxirasini yigʻish, ishlab chiqish va ishlab chiqarishni taqiqlash va ularni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya talablarini mustahkamlovchi hamda toʻldiruvchi hujjat hisoblanadi.
Bugungi kunda mazkur Jeneva protokoliga dunyoning 142 ta davlati, MDH mamlakatlaridan Armaniston, Moldaviya, Rossiya, Tojikiston, Ukraina hamda Qirgʻiziston qoʻshilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring