Oʻzbekiston va Vetnam oʻrtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriish uchun muzokaralar boʻldi

12:54 07 Fevral 2023 Siyosat
535 0

Vetnam Sotsialistik Respublikasiga tashrif doirasida Xanoy shahrida Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Vetnam sanoat va savdo vaziri Nguyen Xong Den oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Suhbat chogʻida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish, sanoat kooperatsiyasi rivojlantirish va transport-logistika sohasida oʻzaro hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, tomonlar soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Vetnam oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar oshganini qayd etdilar. Bu borada hali ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligi inobatga olinib, Bojxona sohasida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Bitimni koʻrib chiqish va tuzishni tezlashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida Qoʻshma Ishchi guruh tuzish masalasi kelishib olindi.

Eng samarali logistika yoʻnalishlarini ishlab chiqishni nazarda tutgan holda transport va logistika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar muhokama qilingan loyihalar doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdilar, shuningdek, Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Vetnam Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishini va qoʻshma biznes-forumni oʻtkazishga kelishib oldilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер