Oʻzbekiston va Vengriya aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi

21:03 27 Oktyabr 2022 Siyosat
600 0

Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti Transport vazirlari yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston va Vengriya aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida muzokaralar tashkil etildi.

Muzokaralar chogʻida ikki davlat oʻrtasida muntazam havo qatnovini yoʻlga qoʻyish, tayinlangan aviakompaniyalarga parvozlarni amalga oshirish uchun tegishli huquqlarni berish hamda Havo qatnovi toʻgʻrisida ikki tomonlama hukumatlararo bitim loyihasining yakuniy matnini kelishish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuniga koʻra tegishli Bayonnoma imzolandi va Bitim loyihasining yakuniy matni kelishildi.

Tomonlar mazkur Bitim imzolanishini tezlashtirish boʻyicha tegishli ishlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер