Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan 24-iyul kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotida ikki mamlakat oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Turkiya rahbari Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, xalqimizga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Prezidentlar oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining borishini koʻrib chiqdilar. Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishiga puxta tayyorgarlik koʻrish muhimligiga eʼtibor qaratdilar.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ikki mamlakat yetakchi kompaniya va korxonalarining sanoat kooperatsiyasi boʻyicha istiqbolli loyihalarning yangi portfelini birgalikda ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring