Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

01:33 03 May 2023 Siyosat
895 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan 2-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotida keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va amaliy hamkorlikning ustuvor loyihalarini ilgari surish masalalari  koʻrib chiqildi.

Turkiya yetakchisi davlatimiz rahbarini Konstitutsiya islohoti boʻyicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan samimiy qutlab, qardosh Oʻzbekiston xalqiga farovonlik, taraqqiyot va ravnaq tiladi.

Suhbatda mamlakatimizda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yigʻilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Muloqot yakunida Oʻzbekiston rahbari Turkiya yetakchisiga joriy yilning may oyi oʻrtasida boʻlajak Prezident saylovida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер