Oʻzbekiston va Shvetsiya parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilmoqda
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili Nodir Gʻaniyev Stokgolmda parlamentning xalqaro boʻlimi (Riksdag) maslahatchisi Martin Brozek bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Shvetsiya parlamentlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Riksdag delegatsiyasining 2020-yilda mamlakatimizga tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Shvetsiya parlamentlaridagi Doʻstlik guruhlari orqali almashuvlarni faollashtirish, shuningdek, oʻzaro tashriflar va qoʻshma hamkorlikni tashkil etish orqali ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasida doimiy amaliy aloqalarni davom ettirish hamda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashishga kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring