Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni shaharlari oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar soni haftasiga 70 taga yetkaziladi
Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
ICAOning “ICAN–2023” tadbiri doirasida Transport vazirligi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Qirolligi aviatsiya maʼmuriyati bilan oʻtkazgan muzokaralarda ushbu kelishuvga erishildi.
Bu Oʻzbekistondan “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar, shuningdek, “Umra plyus” dasturi orqali Oʻzbekistonga ziyorat turizmi uchun tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring