Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

18:15 24 Iyun 2024 Siyosat
424 0

24-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari Dogʻistonda sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi, halok boʻlganlarning oilalariga hamdardlik va dalda soʻzlarini bildirdi.

Oʻzbekiston Prezidenti bu gʻayriinsoniy zoʻravonlikni qatʼiy qoraladi hamda xavfsizlik sohasidagi umumiy tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalar oʻrtasidagi faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, 26-28-may kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Oʻzbekistonga tarixiy tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Kelgusidagi, shu jumladan koʻp tomonlama tashkilotlar doirasidagi tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер