Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

14:02 03 Mart 2022 Iqtisodiyot
888 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oʻzbekiston-Qozogʻiston doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat yetakchi korxonalarining, eng avvalo, savdo, energetika, mashinasozlik, kimyo, qurilish, tarmoqlari, transport va logistika sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu munosabat bilan oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq qoʻshma iqtisodiy loyihalar va madaniy-gumanitar dasturlarni ilgari surish borasida hukumatlar darajasida muntazam va samarali muloqotlar olib borilayotgani ijobiy baholandi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Telefon orqali muloqot har doimgidek doʻstona va ishonch ruhida oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер