Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar

13:26 01 May 2023 Siyosat
874 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan 1-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari va yirik kooperatsiya loyihalarining borishi muhokama qilindi.

Suhbat avvalida Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev joriy yil 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha referendum muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan dildan qutladi.

Davlatimiz rahbari, oʻz navbatida, Qozogʻiston yetakchisi va qardosh xalqini davlat bayrami – Birdamlik kuni bilan samimiy tabrikladi.

Muloqot chogʻida davlat rahbarlarining qarorlarini oʻz navbatida amalga oshirish, eng avvalo, ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiya dasturlarini tayyorlash va bajarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu munosabat bilan hukumatlarga shu hafta Toshkent shahrida oʻtadigan Hukumatlararo komissiya yigʻilishi davomida qoʻshma loyihalarni jadallashtirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish topshirildi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari boʻlajak tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер