Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar

12:38 24 Iyul 2023 Siyosat
496 0

24-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Qirgʻiziston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, Oʻzbekistonga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va barqaror taraqqiyot tiladi.

Suhbatda Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Sanoat, avtomobilsozlik, toʻqimachilik va elektrotexnika tarmoqlarida, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish boʻyicha hamda hamkorlikning boshqa sohalarida qoʻshma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishda erishilayotgan natijalar mamnuniyat bilan qayd etildi.

Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida yangi savdo va investitsiya loyihalari toʻplamini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi.Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilari boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер