Oʻzbekiston va Polsha parlamentlararo hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

17:19 28 Yanvar 2026 Siyosat
590 0

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Alisher Agzamxodjayev Polsha Respublikasi Seymi Tashqi ishlar boʻyicha qoʻmitasi raisi Pavel Koval boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona va oʻzaro ishonchga asoslangan munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chogʻida parlamentlararo muloqotni faollashtirish orqali investitsiya va eksport hajmlarini oshirish, savdo uylari va investitsiya kompaniyalari tashkil etish, transport-logistika va hududlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar Oʻzbekiston–Polsha parlamentlararo munosabatlarini yanada mustahkamlash, qonunchilik sohasida tajriba almashish, mahalliy Kengashlar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер