Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

14:47 24 Iyul 2022 Siyosat
1355 0

Foto: president.uz

24-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev telefon orqali muloqot qildilar.

Ozarbayjon yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, birodar Oʻzbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Prezidentlar joriy yil 21-22-iyun kunlari mamlakatimizda oʻtgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlarning sermahsul natijalarini yuqori baholadilar.

Oʻzbekiston-Ozarbayjon muzokaralari yakunida qabul qilingan bitim va kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Hukumatlar va idoralar darajasida faol muloqotlar va almashinuvlar davom etayotgani, oʻzaro tovar ayirboshlashning oʻsish surʼatlari yuqori va barqaror ekani, kooperatsiya loyihalarini ilgari surish boʻyicha birgalikda samarali ishlanayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shuningdek, boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlarga, shu jumladan shu yili noyabr oyida Samarqandda oʻtkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotining sammitiga tayyorgarlik koʻrish masalalari koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер