Oʻzbekiston va Hindiston yetakchilari investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdilar

20:35 01 Dekabr 2023 Siyosat
203 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Dubay shahriga amaliy tashrif doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Kommunikatsion texnologiyalar, farmatsevtika, fan va taʼlim, sogʻliqni saqlash, anʼanaviy tibbiyot va yoga sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish va qoʻshma dasturlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер