Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Senat Raisi Tanzila Narbayeva “Oʻzbekiston – Fransiya” birinchi parlamentlararo forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan senator Valeri Boye boshchiligidagi Fransiya Senati delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida oliy darajadagi konstruktiv muloqot tufayli Oʻzbekiston – Fransiya munosabatlari jadal rivojlanib, strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgani taʼkidlandi. Fransiya Oʻzbekistonning ishonchli va uzoq muddatli hamkori ekani qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va taʼlim sohalaridagi hamkorlikning ijobiy natijalari muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, agrar va suv xoʻjaligi, energetika, sanoat, oziq-ovqat, transport, logistika yoʻnalishlaridagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini ham koʻrib chiqib, xalqaro maydondagi tashabbuslar oʻzaro qoʻllab-quvvatlanishini taʼkidladi.
Ikki davlat oʻrtasidagi muloqotni mustahkamlashning muhim elementi sifatida parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tegishli qoʻmitalar oʻrtasidagi aloqalarni faollashtirish va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, parlamentlararo hamkorlik guruhlari faoliyatini kengaytirish zarurligi taʼkidlandi.
“Oʻzbekiston – Fransiya” birinchi parlamentlararo forumining oʻtkazilishi ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish hamda ikki tomonlama va mintaqalararo kun tartibidagi dolzarb masalalar boʻyicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishning taʼsirchan mexanizmi sifatida muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida parlamentlararo muloqotni yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyorlik bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring