Oʻzbekiston va Estoniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Lyuksemburgda readmissiya qilish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladilar
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Lyuksemburgda Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna bilan uchrashdi.
«Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida. – Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, yetakchi kompaniyalar bilan qoʻshma loyihalarni ilgari surish, shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasida Estoniyaning ilgʻor tajribasini Oʻzbekistonga olib kirish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarimizni koʻrib chiqdik. Biz, shuningdek, readmissiya qilish toʻgʻrisidagi Hukumatlararo bitimni ham imzoladik».
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring