Oʻzbekiston turizm magistrali boʻylab 31 ta tuman hududidan oʻtuvchi yoʻl boʻyida kompleks turizm xizmatlarini qamrab olgan 1 tadan “karvonsaroy” barpo etiladi

18:13 26 Aprel 2022 Siyosat
770 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida turizm xizmatlari koʻlamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident mavzuni davom ettirdi.

Bogʻotning “Qalʼa-jiq” va Ellikqalʼadagi Aqchakoʻlda sanatoriya-kurort tashkil etish, Buxoroda “Qadimiy Buxoro” va «Oʻninchi asr etnoqishlogʻi», Namanganda «Oazis», Sirdaryoda “Sirdaryo ekoturizm”, Toshkent viloyatida «Garden» turizm klasterlari va Fargʻonada “Fargʻona parki” tematik bogʻini tashkil etish boʻyicha yirik loyihalarni boshlash kerakligi aytildi.

Viloyat hokimlariga bir oy muddatda ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun hududlarni belgilab, salohiyatli investorlarni aniqlash va amaliy ishlarni boshlash topshirildi.

Joriy yilda Oʻzbekiston turizm magistrali boʻylab 31 ta tuman (shahar) hududidan oʻtuvchi yoʻl boʻyida kompleks turizm xizmatlarini (avtoturargoh, kemping, avtoservis, ovqatlanish, yoqilgʻi quyish) qamrab olgan 1 tadan “karvonsaroy” barpo etish vazifasi qoʻyildi.

Bunday loyihalarga bir oy muddatda 1 trillion soʻm kredit resurslari ajratiladi, yil yakuniga qadar yana 100 million dollar jalb qilinadi.

Viloyat hokimlari ham kamida 20 million dollarlik loyihalarni ishga turishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер