Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi

19:32 26 Iyul 2023 Siyosat
461 0

Bugun, 2023-yil 26-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov oʻrtasida videokonferensaloqa shaklida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda joriy yil avgust oyida Ashxobod shahrida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining Sammitiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalari muhokama qilindi. 

Vazirlar boʻlajak yigʻilishning dasturi loyihasi, kun tartibi, shuningdek, Sammitning yakuniy hujjati loyihasini muhokama qildilar.

Shu maʼnoda, vazirlar mintaqaviy hamkorlikning ustuvor jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер