Oʻzbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiyasi muhokama qilindi

16:23 30 Yanvar 2023 Siyosat
841 0

23-30-yanvar kunlari Dushanbe shahrida Tojikiston-Oʻzbekiston qoʻshma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiya chizigʻidan oʻtkazish masalalari, shuningdek, demarkatsiya xaritalarini yaratishning texnologik jarayoni muhokama qilindi.

Muzokaralar doirasida Oʻzbekiston-Tojikiston va davlat chegaralarining alohida uchastkalarida dala oʻrganish ham oʻtkazildi.

Tadbir yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi. Navbatdagi uchrashuv Oʻzbekiston hududida boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер