Oʻzbekiston soʻnggi 6 oyda 28 ta davlatdan baliq mahsulotlarini import qilgan
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga 28 ta xorijiy davlatdan qiymati 7,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 4,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.
Baliq va dengiz mahsulotlari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 6 oyida Oʻzbekiston eng koʻp baliq va dengiz mahsulotlarini import qilgan davlatlar:
Rossiya – 2,2 ming tonna;
Vetnam – 802 tonna;
Qozogʻiston – 415 tonna;
Litva – 302,5 tonna;
Norvegiya – 301 tonna;
Latviya – 19,5 tonna;
AQSH – 19 tonna;
Xitoy – 12,5 tonna;
Fransiya – 4,2 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring