Oʻzbekiston SHHTdagi tashabbuslari 54 taga yetdi

14:45 11 Sentyabr 2022 Jamiyat
981 0

Foto: Arxiv surat

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi B.Sotiboldiyevning oʻtgan yillarda Oʻzbekiston koʻplab muhim tashabbuslarni ilgari surgan va bugunga qadar ularning jami soni 54 tani tashkil qiladi.

Oʻzbekiston 2005-2006, 2009-2010 va 2015-2016-yillarda SHHTga raislik qilgan. Shu davrda Oʻzbekiston 54 ta tashabbusni ilgari surib, ularning asosiysi amaliyotga joriy qilindi. Masalan, SHHTning mintaqaviy aksilterror tuzilmasini tashkil etish mamlakatimizning taklifi va bu tuzilma Toshkent shahrida faoliyat olib bormoqda.

Yana bir muhim tashabbus – SHHTga yangi aʼzolarni qabul qilish mexanizmini ishlab chiqish boʻlgan. Shundan soʻng Hindiston va Pokiston tashkilotga aʼzo boʻldi, Eron ham SHHTning toʻlaqonli aʼzosiga aylanish arafasida.

Oʻzbekistonning 2017-yildan keyingi tashabbuslari nafaqat xavfsizlik, balki iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilyapti, – dedi ekspert.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер