Oʻzbekiston Saudiya Arabistonidan 21 tonna xurmo import qilgan
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonga 5 ta davlatdan qiymati 2,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,8 ming tonna xurmo import qilingan.
Xurmo importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.
2023-yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekiston eng koʻp xurmoni Erondan 2,6 ming tonna import qilgan. Shu davrda Saudiya Arabistonidan 21 tonna xurmo import qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring