Oʻzbekiston Rossiyada logistika markazi quradi

16:44 18 Yanvar 2019 Jamiyat
1911 0

Foto: Rahmatulla Qayumov

Oʻzbekiston Rossiyaning Vladimir oblastida logistika markazi barpo etadi, deb xabar berdi “Guberniya” telekanali. Bu ortiqcha xarajatlarni qisqartirish va oʻzaro savdohajmini oshirish imkonini beradi.

Tegishli hujjatlarni tayyorlash boshlab yuborilgan. Qurilish ishlarini esa shu yilning iyun oyidayoq boshlash rejalashtirilgan. Dastlabki tahlillarga koʻra, buning uchun yoʻnaltiriladigan investitsiya hajmi 8 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Uni moliyalashtirish bilan “Investstroy” kompaniyasining 60 foiz aksiyasiga ega boʻlgan Buxoro viloyati hokimligi maʼmuriyati shugʻullanadi.

Bundan tashqari, kompaniya binosiga 11 ta vaqtinchalik savdo pavilonini joylashtirish ham moʻljallangan. Uchrashuvda qayd etib oʻtilganidek, ushbu loyiha yana muhokama qilinadi.

Vladimir oblasti adminstratsiyasi esa uni amalga oshirishga qoʻldan kelgancha yordam beradi.

Shu orqali Oʻzbekiston korxonalari Vladimir oblastiga yengil avtomobillar, toʻqimachilik va charm-poyabzal mahsulotlari, elektr va mexanika qurilmalari, maishiy texnikalar hamda boshqa tovarlarni eksport qilish imkoniyatini kengaytirishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер