Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

18:19 04 Yanvar 2023 Siyosat
448 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati

2023-yil 3-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.

Tomonlarning ikki mamlakat Rahbarlarining uchrashuv va muzokaralari yakunida erishilgan kelishuvlarni tizimli amalga oshirishga tayyorligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, investitsiyalarni jalb etish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Ikki va koʻp tomonlama shaklda boʻlib oʻtadigan tadbirlar jadvali va ularning kun tartibi muhokama qilindi.

Oʻzbekiston va Rossiyaning xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi muloqotni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер