Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 32,1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻldi
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 32,1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻldi.
Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 7 mlrd. AQSH dollariga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi – 32,1 mlrd. AQSH dollari;
Eksport – 12,7 mlrd;
mahsulotlar – 10,3 mlrd;
xizmatlar – 2,4 mlrd;
Import – 19,4 mlrd;
mahsulotlar – 17,8 mlrd;
xizmatlar – 1,6 mlrd.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring