Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining press-relizi
Oʻzbekiston Afgʻonistonning siyosiy yetakchilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yarashuv boʻyicha Oliy kengashni tashkil etish toʻgʻrisidagi kelishuvga erishilganini qoʻllab-quvvatlaydi.
Shuningdek, umid qilamizki, ushbu muhim qarorlar qoʻshni Afgʻonistonda siyosiy muzokaralarga hamda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikka yoʻl ochadi.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Afgʻoniston xalqi bilan doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashda, afgʻonlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda hamda tinch va farovon Afgʻonistonni barpo etish uchun har jihatdan yordam berishda davom etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring