Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi stipendiyani taʼsis etiladi

19:46 26 Iyun 2020 Iqtisodiyot
2656 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ommaviy axborot vositalariga yoʻllagan tabrigida Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi stipendiya taʼsis etilishi taklif etildi.

"Biz boʻlgʻusi jurnalistlarimiz chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tilimiz bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida eʼtibor qaratishimiz zarur.
Ana shunday yetuk kadrlarni tayyorlashda eng avvalo oʻzimizning boy maʼnaviy merosimizga tayansak, albatta natija boʻladi. Bu borada jadidlar, xususan, bu yil 145-yillik tavallud sʼhhanasi keng nishonlanayotgan ulugʻ alloma va publitsist Mahmudxoʻja Behbudiyning milliy jurnalistika maktabi ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
Siz azizlarning bugungi kasb bayramingiz bahona bir ezgu taklifni ilgari surmoqchiman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi stipendiyani taʼsis etsak, oʻylaymanki, bu ham yoshlarimizni milliy gʻoya ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shuningdek, ayni vaqtda jahondagi yetakchi media kompaniyalarining kadrlar tayyorlash va ular bilan ishlashga oid tajribasini chuqur oʻrganib, chet ellik jurnalistlar bilan tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirishimiz zarur", deyiladi davlat rahbari tabrigida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер