Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini Qohirada rasmiy kutib olish marosimi boʻldi

16:08 21 Fevral 2023 Siyosat
769 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Bugun, 21-fevral kuni Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida rasmiy tashrif bilan Misr Arab Respublikasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi davlatimiz rahbarini samimiy qarshi olib, maxsus shohsupaga taklif etdi.

Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat milliy madhiyalari yangradi.

Soʻng davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan soʻng ikki tomonlama oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер