Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga MDHning oliy mukofoti topshirildi

18:04 13 Oktyabr 2023 Siyosat
718 0

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun tashkilotning oliy mukofoti – MDH Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlash joizki, keyingi bir necha yilda Oʻzbekistonning Hamdoʻstlik ishidagi ishtiroki faollashdi.

Mamlakatimiz MDHning tarmoqlar boʻyicha hamkorlikning 24 ta organiga qoʻshildi, 65 ta tuzilmasi faoliyatida toʻliq ishtirok etmoqda.

Ushbu davrda Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan koʻplab muhim yoʻnalishlar yuzasidan qariyb 70 ta tashabbus ilgari surildi. Ularning aksariyati Hamdoʻstlikka aʼzo mamlakatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, roʻyobga chiqarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер