Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga uning 70 yoshlik yubileyi munosabati bilan tabrik yoʻlladi

16:34 15 Iyun 2023 Siyosat
729 0

“Sizning bevosita rahbarligingizda doʻst Xitoy xalqi soʻnggi yillarda ulkan yutuq va olamshumul muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Aholini kambagʻallikdan chiqarish, qashshoqlikka barham berish, oʻrtacha farovon jamiyat qurish jarayonlarini yakuniga yetkazishga qaratilgan keng miqyosdagi islohotlar samarali amalga oshirilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, Sizning shaxsan eʼtiboringiz tufayli Oʻzbekiston — Xitoy munosabatlari har tomonlama mustahkamlanib, sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilib bormoqda.

Yaqinda Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifim yakunlari hamda Sian shahrida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo — Xitoy” birinchi sammiti doirasidagi sermazmun muzokaralarimiz natijalari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshishi shubhasiz”, — deyiladi, jumladan, davlatimiz rahbarining maktubida.

Prezidentimiz Si Szinpinni Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etib, unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, gʻoyatda masʼuliyatli va sharafli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Xitoy xalqiga esa bardavom tinchlik-omonlik, fayzu baraka va farovonlik tiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер