Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Al Mirqab Capital” kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va “Blackrock” investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi.
Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan gaz va elektr tarmoqlari, suv taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish, energiya ishlab chiqarish va toʻplash quvvatlari, katta tezlikda harakatlanishga moʻljallangan temir yoʻllarni qurish, koʻchmas mulk obyektlari va biznes infratuzilmasini barpo etish ustuvor yoʻnalishlar sifatida belgilandi.
Muzokaralar yakunida istiqbolli loyihalarni tizimli ilgari surish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring