Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qohiraga joʻnab ketdi

15:01 20 Fevral 2023 Siyosat
757 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining taklifiga binoan 20-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi.

Tomonlar ustuvor sohalardagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. Yakunda qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Davlatimiz rahbari Misrning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazadi.

Mamlakatning eng qadimgi oʻtmishdan bugungi kungacha boʻlgan davr tarixiga oid yodgorlik va buyumlarning boy toʻplamiga ega Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер