Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti MDHning norasmiy sammitida ishtirok etadi

17:58 24 Dekabr 2022 Siyosat
983 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27-dekabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida boʻladi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan oʻtkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

Hamdoʻstlik mamlakatlari yetakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashishlari koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер