Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Eron Islom Respublikasining elchixonasiga tashrif buyurib, mamlakat shimolida vertolyot qulashi oqibatida Prezident Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslar fojiali halok boʻlgani munosabati bilan doʻst Eron xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari diplomatik vakolatxonada ochilgan Hamdardlik kitobiga samimiy taʼziya va taskin soʻzlarini yozib qoldirdi.
Oʻzbekiston yetakchisi elchi Muhammadali Iskandariy bilan qisqa suhbatda Prezident Ibrohim Raisiy yetuk davlat arbobi va siyosatchi boʻlgani, Eronning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, aholi farovonligini oshirishga hamda mamlakatning xalqaro obroʻsini mustahkamlashga, shuningdek, davlatlarimiz oʻrtasida oʻzaro manfaatli koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qoʻshganini alohida taʼkidladi.
Kuni kecha Oʻzbekiston Prezidenti Eronning Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik maktubi yoʻllagan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring